Dunyodagi eng yaxshi mehmonxona qaysi ekani aniqlandi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Rosewood Hong Kong mehmonxonasi ketma-ket ikkinchi yil dunyoning eng yaxshi mehmonxonasi deb topildi va bu reyting tarixida ikki marta g‘olib bo‘lgan birinchi mehmonxona bo‘ldi.
- Gonkongdagi ushbu 65 qavatli mehmonxona 413 ta xona va 11 ta restoranga ega bo‘lib, ularning orasida Michelin yulduziga ega maskanlar ham bor.
- 2026 yilgi reytingda Osiyo mehmonxonalari ustunlik qilib, Capella Bangkok 2-o‘rinni, Four Seasons Bangkok at Chao Phraya River esa 3-o‘rinni egalladi.
Gonkongdagi Rosewood Hong Kong mehmonxonasi Parijda o‘tkazilgan 2026 yilgi dunyoning 50 ta eng yaxshi mehmonxonasi reytingida ketma-ket ikkinchi yil birinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa u mazkur reyting tarixida ikki marta g‘olib bo‘lgan birinchi mehmonxonaga aylandi.
Sim Sha Sui hududida joylashgan 65 qavatli mehmonxona 2024 yilgi reytingda 3-o‘rinni egallagan edi. 2025 yilda esa birinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Bu yil ham yuqori pog‘onada qolib, Osiyoning eng yaxshi mehmonxonasi unvonini ham saqlab qoldi.
Mehmonxonada 413 ta xona va 11 ta restoran bor
Rosewood Hong Kong binosining 43 qavatida 413 ta oddiy va luks xona joylashgan. Mehmonxona hududida esa 11 ta restoran ishlaydi.
Ular orasida Michelin yulduziga ega The Legacy House va Chaat, fransuz oshxonasiga ixtisoslashgan Marmo Bistro, shuningdek, Holt's Café kabi mashhur maskanlar bor.
Bino ichida yana ikkita bar faoliyat yuritadi. Ulardan biri — DarkSide 2024 yilda Osiyoning eng yaxshi barlari reytingida 17-o‘rinni egallagan.
Mehmonxonada salomatlik va hordiq chiqarishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bu yerda ko‘p qavatli Asaya spasi, basseyn va maxsus davolanish uchun moslashtirilgan kottejlar mavjud.
Top-3 talikni Osiyo mehmonxonalari egalladi
2026 yilgi reytingda Capella Bangkok mehmonxonasi o‘tgan yilga nisbatan bir pog‘ona yuqorilab, 2-o‘rinni oldi.
Uning yaqinida joylashgan Four Seasons Bangkok at Chao Phraya River esa 3-o‘rindan joy oldi. Shuningdek, Rosewood brendi eng ko‘p e’tirof etilgan mehmonxonalar tarmog‘i uchun maxsus mukofotni ham qo‘lga kiritdi.
Dunyoning eng yaxshi 10 ta mehmonxonasi
Rosewood Hong Kong — Gonkong
Capella Bangkok — Tailand
Four Seasons Bangkok at Chao Phraya River — Tailand
Atlantis The Royal — Dubay
Passalacqua — Komo ko‘li, Italiya
Rosewood São Paulo — Braziliya
Mandarin Oriental Qianmen — Pekin, Xitoy
Upper House Hong Kong — Gonkong
Chablé Yucatán — Chochola, Meksika
Mandarin Oriental Bangkok — Tailand






























Izohlar 0
…