26 yoshli inflyuyenser oshqozon saratonidan vafot etdi

26 yoshli inflyuyenser oshqozon saratonidan vafot etdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 26 yoshli Xitoylik inflyuyenser Xixi Xubao (asl ismi Syuy Szitin) oshqozon saratonidan vafot etdi.
  • U ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining sog‘lom turmush tarziga unchalik amal qilmaganini, jumladan, kech uxlashini, kam ovqatlanishini, suv o‘rniga qahva va sutli choy ichishini, tez-tez tayyor ovqat iste’mol qilishini va yog‘li hamda achchiq taomlarni yaxshi ko‘rishini ochiq aytgan edi.

Xitoyning Shenyan shahrida yashagan 26 yoshli inflyuyenser Xixi Xubao, asl ismi Syuy Szitin, oshqozon saratoni bilan kurashib, vafot etdi. U kasallikka chalinishidan avvalgi ovqatlanish tartibi va kundalik odatlari haqida ijtimoiy tarmoqlarda ochiq gapirgan edi.

Xixi 28 sentyabr, dushanba kuni oshqozon saratoni oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Ertangi kuni, 29 sentyabrda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida vafoti haqida obunachilariga xabar berildi.

Unda Xixi'ning hayotiga oid iliq xotiralar bilan birga, uni qo‘llab-quvvatlagan va g‘amxo‘rlik qilgan barcha insonlarga minnatdorlik bildirilgan.

“Xixi erkin, jo‘shqin, jasur va mehribon bo‘lib hayot kechirdi. Uning hayot yo‘li davomida qo‘llab-quvvatlagan va g‘amxo‘rlik qilgan barcha insonlarga rahmat”, — deyiladi xabarda.

Vafotidan oldin Xixi ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining ovqatlanish odatlari va kundalik tartibi haqida videolar joylab borgan. Ushbu videolarda inflyuyenser o‘zining sog‘lom turmush tarziga unchalik amal qilmaganini ochiq aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odatda har kuni tungi soat 00:00 dan 02:00 gacha bo‘lgan vaqtda uxlashga yotardi. Shuningdek, u bir kunda ikki mahal ovqatlanishini va ovqatlar orasida uzoq tanaffus bo‘lishini ma’lum qilgan.

Xixi suv ichishni yoqtirmasligini, kuniga ikki piyola qahva iste’mol qilishini va haftasiga uch-to‘rt marta sutli choy ichishini aytgan.

Bundan tashqari, u ko‘pincha tayyor ovqat buyurtma qilishini yoki umumiy ovqatlanish joylarida ovqatlanishini bildirgan. Inflyuyenser yog‘li va achchiq taomlarni yaxshi ko‘rishini ham yashirmagan.

Kasalxonada sochlari olingan ayol mushtini oldinga cho‘zib jilmayib turibdi.

Xixi o‘zini ovqat tanlashda juda injiq inson sifatida ta’riflagan. Ayniqsa, meva va sabzavotlarni xush ko‘rmasligini aytgan.

2025 yil yanvar oyining boshlarida unda dastlabki bezovtaliklar paydo bo‘la boshlagan. Ovqatlanish paytida taomning qiyin o‘tishi, kekirish, qorin dam bo‘lishi va ishtahaning pasayishi kabi belgilar kuzatilgan.

Oradan ko‘p o‘tmay unga oshqozon saratoni tashxisi qo‘yilgan. Shundan so‘ng Xixi davolanish jarayonini ham ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ravishda yoritib borgan.

Xixi xorijda tahsil olgan. Xitoyga qaytgach, Shenyan va Dalyan shaharlarida Jifu nomli nonvoyxona brendini yo‘lga qo‘ygan. Biznesi eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan paytda brendning oltita filiali mavjud bo‘lgan. U vafot etgan vaqtda esa ularning to‘rttasi faoliyat yuritayotgan edi.

Mutaxassislar oshqozon salomatligini asrash uchun meva va sabzavotlarni yetarli miqdorda iste’mol qilish, shuningdek, tuzli, yog‘li va qayta ishlangan mahsulotlarni kamaytirishni tavsiya etadi.

Shuningdek, chekishdan voz kechish, alkogol iste’molini haftasiga 14 birlikdan oshirmaslik va sog‘lom vaznni saqlash ham muhim ekani ta’kidlanadi.

Oshqozon bilan bog‘liq muammolar uzoq vaqt davom etsa, shifokorga murojaat qilish va oshqozon saratoni bilan bog‘liq infeksiyalardan biri bo‘lgan H. pylori bakteriyasiga tekshiruvdan o‘tish zaruriyatini aniqlash tavsiya etiladi.

Doimiy hazm buzilishi, sababsiz vazn yo‘qotish va boshqa xavotirli belgilarni ham e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar