Yer yuzidagi eng qurg‘oqchil sahroda mo‘jiza: Atakama cho‘li rang-barang gullargv burkandi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Chilidagi Atakama cho‘li rekord darajadagi yog‘ingarchilikdan so‘ng 200 dan ortiq o‘simlik turi bilan gullab-yashnadi.
- El-Nino fenomeni sababli 190 mm gacha yog‘gan yomg‘ir 30-40 yillik urug‘larning uyg‘onishiga olib keldi.
- Ushbu hodisa so‘nggi 30 yillikdagi eng keng ko‘lamli gullash bo‘lib, minglab sayyohlarni o‘ziga tortmoqda.
Yer yuzining eng qurg‘oqchil va hayot deyarli mavjud bo‘lmagan nuqtasi sanalmish Chilidagi mashhur Atakama cho‘lida hayratlanarli tabiat metamorfozasi yuz berdi. Frans Press (AFP) agentligi xabariga ko‘ra, odatda oy yuzasini eslatuvchi quruq, toshloq va jigarrang dyunalar rekord darajadagi yog‘ingarchilikdan so‘ng bepoyon gullar gilami bilan qoplandi.
Iqlimshunoslar va botaniklar bu hodisani so‘nggi o‘n yilliklardagi eng keng ko‘lamli va hayratlanarli gullash deb baholamoqda.
Tarixda kuzatilmagan 190 mm yomg‘ir va 200 dan ortiq o‘simlik turi
Atakamaning gullab-yashnashiga Tinch okeanidagi global El-Nino iqlim fenomeni sabab bo‘ldi:
Rekord yog‘ingarchilik: Joriy yilning iyul va avgust oylarida Chilining shimolida misli ko‘rilmagan kuchli yomg‘irlar yog‘di. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik hajmi 190 mmgacha yetdi, bu esa qurg‘oqchil mintaqa uchun tarixiy va «ilgari hech qachon kuzatilmagan» ko‘rsatkichdir;
O‘n yillik urug‘larning uyg‘onishi: CONAF «Atakama» bioxilma-xillikni muhofaza qilish xizmati rahbari Sezar Pisarroning ta’kidlashicha, qalin tuproq va qum ostida 30–40 yillab uxlab yotgan millionlab urug‘ hamda piyozchalar namlik ortidan hayotga qaytdi;
Flora rang-barangligi: Qisqa muddat ichida sahroda 200 dan ortiq yovvoyi o‘simlik turlari unib chiqdi. Ayni paytda okean sohilidan to ufqqa qadar cho‘zilgan sahro oq, sariq va siyohrang gullar bilan qoplangan.
«1997 yildan buyon eng kuchli gullash»
Mutaxassislarning fikricha, joriy yildagi tabiat mo‘jizasi so‘nggi 30 yillikning mutlaq rekordiga aylanishi mumkin:
«Atakamada shunday tog‘ tizmalari va tepaliklar borki, ularda so‘nggi 30 yoki hatto 40 yil ichida birorta yashil giyoh yoki gul ko‘rinmagan edi. Bugun esa bu yerlar to‘liq rang-barang tus oldi», — deya ta’kidladi Sezar Pisarro AFP nashriga.
Tabiatning ushbu noyob hodisasi dunyo bo‘ylab sayyohlar e’tiborini tortdi. Minglab mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar fazoviy manzaraning bir lahzada tirik boqqa aylanishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun Chili shimoliga oqib kelmoqda.
Oktyabr oyida cho‘qqiga chiqadigan 15 ming gektarlik «gul jannati»
Chili milliy o‘rmon korporatsiyasi (CONAF) prognozlariga ko‘ra, «gullagan cho‘l» fenomeni aynan oktyabr oyida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi.
Kuzatuvchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin kunlarda kamida 15 ming gektar sahro maydoni yashil va gulli landshaftga aylanadi va bu noyob go‘zallik suv to‘liq bug‘lanib ketguniga qadar bir necha hafta davomida davom etadi.































Izohlar 0
…