20 yillik shifokorlik kasbidan voz kechib bulochka biznesini boshlagan xitoylik ayol

Xitoylik shifokor Dong Min 20 yildan ortiq davom etgan tibbiy faoliyatidan keyin butunlay boshqa yo‘lni tanladi. 48 yoshli ayol 2023 yilda Uxanda bug‘da pishiriladigan, ichiga masalliq solinadigan an’anaviy bulochkalar do‘konini ochdi. Dastlab bu qaror kutilmagan bo‘lsa-da, uning yangi biznesi tez orada mijozlar e’tiborini qozondi. Iyul oyida esa Dong ikkinchi savdo shoxobchasini ochishga muvaffaq bo‘ldi.
U 1999 yilda Uxan universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan va mehnat faoliyatini Shenchjenda ginekolog sifatida boshlagan. Bir necha yil o‘tgach, oilasiga yordam berish maqsadida Uxanga qaytdi. Keyinchalik Tyanmendagi mahalliy shifoxonada ishladi va muassasaning qonuniy vakili bo‘ldi.
Dongning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlik yillarida u nafaqat bemorlarni davolash, balki tekshiruvlar va tibbiy nizolar kabi ko‘plab qo‘shimcha muammolar bilan ham shug‘ullangan. Bu esa kuchli ruhiy bosimni keltirib chiqargan.
Yangi biznes g‘oyasi unga bulochka do‘koni bor dugonasidan ilhomlangan. Bugun u kuniga 10 soatdan ko‘proq ishlasa ham, o‘zini baxtli his qilayotganini ta’kidlaydi.































Izohlar 0
…