Yaponiyada uxlab, 14 ming dollar yutib oldi

Yaponiyada uxlab, 14 ming dollar yutib oldi

Yaponiyada shunchaki uxlab, 2,22 million iyena — qariyb 14 ming dollar mukofot yutib olish mumkin bo‘lgan noodatiy musobaqa o‘tkazildi.

5 oktyabr kuni Tokioda tashkil etilgan “Matt Race by Koala” musobaqasida ishtirokchilar 90 daqiqa davomida uxlash orqali o‘zaro bellashdi. Ular maxsus uyquni kuzatuvchi qurilmalar bilan jihozlanib, matraslarda yotgan holda dam oldi.

G‘olibni aniqlashda faqat kim birinchi uxlab qolgani emas, balki uyquning chuqurligi va sifati, uxlab qolish tezligi hamda uyquning barqarorligi hisobga olindi. Bellashuvda uchta bosqich tashkil etilib, har birida qariyb 20 nafardan ishtirokchi qatnashdi.

Musobaqada Suimii taxallusi bilan qatnashgan ishtirokchi eng yuqori natijani qayd etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. U mukofot pulini ko‘chish xarajatlariga sarflashini, shuningdek, yangi, “malika yotog‘i”ga o‘xshash karavot sotib olishni rejalashtirayotganini aytdi.

Biroq musobaqaning maqsadi shunchaki pul tarqatish bo‘lmagan. Tashkilotchilar ushbu noodatiy tadbir orqali Yaponiyada uyqu yetishmasligi muammosiga e’tibor qaratishni istagan. OECD ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda Yaponiya tashkilotga a’zo 33 davlat orasida o‘rtacha uyqu davomiyligi eng qisqa mamlakat bo‘lgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar