Rossiyada Yangi yil sovg‘alaridan Snickers,Twix kabi shokoladlarni chiqarib tashlash taklif qilindi
1 daqiqa o'qish0

Rossiyada jamoatchilik vakillari bolalarga mo‘ljallangan Yangi yil sovg‘alari tarkibini o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqdi. Ular sovg‘a qutilaridan Snickers, Mars, Twix va Bounty kabi mashhur shokoladlarni olib tashlab, ularning o‘rniga mamlakatda ishlab chiqariladigan shirinliklarni joylashtirishni taklif qilmoqda.
Tashabbus mualliflarining fikricha, bu orqali bolalarda mahalliy mahsulotlarga qiziqish va mehr uyg‘otish mumkin. Ular yosh avlodni Rossiyada ishlab chiqarilgan shirinliklarni tanlashga odatlantirish tarafdori.
Qayd etish joiz, mazkur tashabbus mualliflari avvalroq Rossiya maktablarida pitsa sotilishiga ham qarshi chiqqan edi.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…