date

Eron 57 ta musulmon davlatini birlashtiruvchi “Islom NATOsi” tuzishni taklif qildi

Eron 57 ta musulmon davlatini birlashtiruvchi “Islom NATOsi” tuzishni taklif qildi

Eron 57 ta musulmon davlatini birlashtiruvchi “Islom NATOsi”ni tuzish tashabbusini ilgari surdi. Bu haqda Iran International xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur taklif Eron Ichki ishlar vazirining maxsus yordamchisi tomonidan bildirilgan. U musulmon davlatlari yagona ittifoq ostida birlashsa, katta siyosiy va harbiy kuchga aylanishi mumkinligini ta’kidlagan.

Tashabbus muallifiga ko‘ra, bunday birlashma energiya resurslari, iqtisodiy imkoniyatlar va strategik yo‘nalishlar orqali ta’sir kuchini oshiradi. Xususan, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish bu ittifoqning muhim omillaridan biri sifatida tilga olingan.

Hozircha boshqa musulmon davlatlari ushbu taklifga rasmiy munosabat bildirgani ma’lum emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron 57 ta musulmon davlatini birlashtiruvchi “Islom NATOsi” tuzishni taklif qildi