Turkiyada erkak rafiqasining burnini tishlab uzib oldi

Turkiyaning Manisa viloyatida oilaviy janjal og‘ir oqibat bilan tugadi. Mast holatda bo‘lgani aytilgan erkak rafiqasi bilan tortishuv vaqtida unga tan jarohati yetkazgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak avval xotinining bo‘ynidan bo‘g‘a boshlagan. Ayol qarshilik ko‘rsatganidan keyin u rafiqasining burnini tishlab uzib olgan.
Voqea joyiga qutqaruv va yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari yetib kelgan. Ular ayolni balkon orqali xavfsiz joyga olib chiqqan.
Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan. U yerda shifokorlar operatsiya o‘tkazib, uzilgan burnini qayta tiklashgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…