Hindistonda shirinlik deb tishlangan buyum portlab, erkakning hayotiga zomin bo‘ldi

Hindistonning Madxya-Pradesh shtati Dindori tumanida 35 yoshli erkak noodatiy va fojiali hodisa oqibatida halok bo‘ldi. Rajendra Barautiya og‘ziga solgan shirinlikka o‘xshash buyum portlab ketishi natijasida og‘ir tan jarohatlari oldi.
Voqea 10 noyabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, Barautiya o‘z uyining hovlisida o‘tirgan paytda rasgulla deb ataladigan mashhur hind shirinligiga o‘xshash narsani ko‘rib, uni tishlagan. Biroq buyum aslida portlovchi moslama bo‘lib, erkakning og‘zida portlagan.
Portlash oqibatida u jiddiy jarohatlangan. Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga yetkazilganiga qaramay, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
Hodisa yuzasidan politsiya tergov boshlagan. Huquq-tartibot idoralari portlovchi moslama bilan bog‘liq holda ikki kishini hibsga olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu vosita odatda yovvoyi to‘ng‘izlarni ovlashda qo‘llanadigan portlovchi qurilma turiga kiradi.
Ayni paytda tergovchilar buyum qanday qilib shirinlik ko‘rinishida tayyorlangani va jabrlanuvchining qo‘liga qanday yetib borganini aniqlamoqda. Shuningdek, hodisa qasddan uyushtirilgan jinoyatmi yoki muvaffaqiyatsiz yakunlangan hazil natijasimi, degan savolga javob izlanmoqda. Voqeaning barcha tafsilotlari tergov davomida oydinlashishi kutilmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…