Apple Pay va Google Pay orqali to‘lov qilish imkoniyati paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda 27 oktyabr kuni foydalanuvchilarga bank kartalarini Apple Pay va Google Pay to‘lov xizmatlariga ulash imkoniyati ochildi.
Apple Wallet ilovasida mahalliy 8 ta bank va fintex xizmati ro‘yxati paydo bo‘lgan. Ular qatorida Uzum, Kapitalbank, O‘zbekiston Milliy banki va TBC Bank bor. Foydalanuvchilar ushbu xizmatlar kartalarini elektron hamyonga qo‘shishlari mumkin.
Google kompaniyasi Google Pay xizmati O‘zbekistonda ishga tushirilganini 19 oktyabr kuni e’lon qilgan edi. Biroq mahalliy bank kartalarini xizmatga ulash imkoniyati 27 oktyabrdan boshlangan.
Google Wallet Android smartfonlari va mos aqlli soatlar orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini ham beradi. Shuningdek, unda chiptalar, transport yo‘llanmalari va boshqa raqamli hujjatlarni saqlash mumkin. Ayrim funksiyalarning ishlashi qurilma hamda qo‘llab-quvvatlanadigan xizmatlarga bog‘liq.































Izohlar 0
…