Misr Arab Respublikasining Iskandariya shahrida ikki yo‘lovchi poezdi halokatga uchradi, deya xabar bermoqda Sof.uz nashri.
To‘qnashuv mahalliy vaqt bilan 14:15 da (Toshkent vaqti bilan 17:15) Iskandariyaning Xurshid vokzali yaqinida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, Qohiradan Iskandariya tomon harakatlanayotgan poezd Ports Saiddan kelayotgan poezdga borib urilgan.
Misr Sog‘liqni salqash vazirligi temiryo‘l halokatida kamida 49 kishi qurbon bo‘lgani va 179 nafar yo‘lovchi shikastlanganini ma’lum qilgan. Transport vaziri Hishom Arofatning aytishicha, poezdlar halokatiga poezd mashinistining xatosi sabab bo‘lgan.
Ayni paytda, Qohira poezdi mashinisti hibsga olingan. Dastlabki tegov natijalariga ko‘ra, mashinist boshqa yo‘nalishda poezd harakatlanib kelayotganidan ogohlantiruvchi qizil chiroqni ko‘rmay qolgan.
Misrda temiryo‘l halokatlari tez-tez sodir bo‘lib turadi. 2012 yilda poezd maktab avtobusini urib yuborishi natijasida 51 kishi halok bo‘lgan edi. 2015 yilda poezd va maktab avtobusi o‘rtasida yana to‘qnashuv sodir bo‘lgan va unda 7 kishi qurbon bo‘lgan.
2013 yilda Qohirada, 2015 yilda esa Giza shahrida poezd relsdan chiqib ketishi oqibatida o‘nlab kishilar hayotdan ko‘z yumgan. Misr temiryo‘llari tarxidagi eng mudhish falokat 2002 yilda ro‘y bergan. O‘shanda yo‘lovchi poezdida yong‘in chiqishi oqibatida 360 kishi qurbon bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar