Qotillik sodir etish arafasida erkak xotini bilan spirtli ichimlik ichgan.
Bishkeklik erkak Issiq-Ko‘lda ijaraga olgan xonasida o‘z jufti halolini bo‘g‘ib o‘ldirdi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.
Xabarga ko‘ra, 14 avgust kuni Qirg‘iziston poytaxtida istiqomat qiluvchi 49 yashar erkak o‘zining 36 yashar xotinini o‘ldirib qo‘yganligini tan olib polisiya mahkamasiga kelgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 11 avgust kuni er-xotin Tomchi qishlog‘iga kelishgan va xususiy uylarning birida bir xonani ijaraga olishgan. Juftlik dam olish kunlarini shu erda o‘tkazishga qaror qilgan. 12 avgust kuni taxminan 22.30larda spirtli ichimlik ichib o‘tirgan er-xotin janjallashib qolishgan. Bu haqida Sputnik.uz xabar berdi.
Ertasi kuni erkak xona eshigini qulflab, ijarachiga yana bir kun uchun haq to‘lagan va Bishkekka qarab yo‘l olgan. Shaharga keliboq sodir etgan jinoyati haqida milisiya xodimlariga xabar qilgan. Erkak shu zahoti hibsga olingan, ayolni jasadi esa aytilgan joydan topilgan va morgga olib ketilgan.
Ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi