Xitoyda tez yurar shosseda ikki yuk mashinasi ishtirokidagi YTH sodir bo‘ldi, yuk mashinalaridan biriga ortilgan tarvuzlar esa yo‘l bo‘ylab sochildi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Yo‘l tarvuzlardan tozalangunga qadar mazkur avtotrassada avtomobillar harakati bir necha soatga to‘xtatildi. YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Voqea 28 avgust kuni Xunan provinsiyasidagi Chjuchjou shahri yaqinida Pekinni Gonkong va Makao bilan bog‘lovchi yo‘lda sodir bo‘ldi.
Lyaonin provinsiyasidan yo‘lga chiqqan yuk mashinasi noma’lum sabablarga ko‘ra, yo‘lni ajratib turuvchi barerga urilib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va unda harakatlanayotgan boshqa bir yuk mashinasiga urilgan. To‘qnashuv oqibatida har ikki yuk mashinasi yonib ketgan. Ulardan biriga ortilgan tarvuzlar esa yo‘l bo‘ylab sochilgan.
Qutqaruv xizmati tomonidan yong‘in tezda o‘chirilganligiga qaramay, yo‘lni yorilgan tarvuzlardan tozalash uchun anchagina vaqt ketdi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi