BAA shahzodasi shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtum yurak xurujidan vafot etdi

BAA shahzodasi shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtum yurak xurujidan vafot etdi
BAA shahzodasi shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtum yurak xurujidan vafot etdi

Bugun, 19 sentyabr kuni BAA shahzodasi, Dubay amirligi taxti vorislaridan biri shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtum vafot etdi. Bu haqda amirlik ma’muriyati rasman ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz.

Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri Muhammad bin Al-Maqtumning o‘g‘li bo‘lgan shahzoda Rashid 34 yoshida yurak xuruji tufayli olamdan o‘tgani aytilmoqda.

Amirliklarda bu voqeaning to‘liq tafsilotlari hozircha ayon etilmayapti.

Ushbu hodisa tufayli mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilinishi kutilmoqda.

"Biz barchamiz Allohning amri bilan kelganmiz va uning amri bilan uning oldiga qaytamiz", deb aytiladi ushbu noxushlik yuzasidan berilgan rasmiy murojaatda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar