09:31 / 30.10.2017
10 589

AQSHlik jarrohlar boshi qo’shilib ketgan siam egizaklarini bir-biridan ajratishdi

AQSHlik jarrohlar boshi qo’shilib ketgan siam egizaklarini bir-biridan ajratishdi
Pensilvaniya shtatidagi shifoxonalarning birida bosh suyagi umumiy bo’lgan siam egizaklari bir-biridan ajratildi.

16 oylik Ebbi va Erin Delanilar 2016 yilning 24 iyul sanasida dunyoga kelishgan va shu kungacha shifoxonada davolanishayotgan edi.

Egizaklarning rivojlanishida kamchilik borligi homiladorlik paytidagi UTT tekshiruvi paytidayoq ma’lum bo’lgan.

Operatsiya 11 soat davom etgan va unda 30 kishi qatnashgan. Shifokorlar mehnati saramasi o’laroq, qizaloqlar ulg’aygach, bir-biridan alohida o’ynashlari, yugurishlari va mustaqil hayot qurishlari mumkin, deb yozadi xorijiy saytlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHlik jarrohlar boshi qo’shilib ketgan siam egizaklarini bir-biridan ajratishdi