
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko joriy yilning oktyabr oyida 28 ming grivna (1 ming dollar) ishlab topdi. Bu haqda «Ukrainskiye novosti»ga tayangan holda Kun.uz xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, jismoniy shaxslar daromadiga soliq va ish haqidan harbiy yig‘im miqdori 5,460 grivnani (206 dollar) tashkil qilgan.
Shuningdek ma’muriyatdan ta’kidlashlaricha, prezident maoshi xayriya maqsadlari uchun o‘tkazib berilmoqda.
Joriy yilning oktyabr oyi oxirlarida eng boy ukrainaliklar ro‘yxati e’lon qilingandi. Poroshenko ro‘yxatning 5-o‘rnidan joy oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing