
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh yetakchisi Donald Tramp BMT davlatlarini Suriyaga yaqin oylar ichida yordam uchun ko‘proq hissa qo‘shishga chaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
«Prezidentlar Suriyada insonlarning azob chekishlarini kamaytirish lozimligini muhokama qilishdi hamda BMTga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarni yaqin bir necha oy ichida insonparvarlik ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun o‘z hissalarini oshirishga chaqirishdi», - deyiladi qo‘shma bayonot matnida.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Tramp OTIH (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi) sammiti vaqtida yuzlashgani xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar