Toshkentda internet-narkodo‘konning 14 nafar «zakladchik»i ushlandi

Toshkentda internet-narkodo‘konning 14 nafar «zakladchik»i ushlandi

Toshkentning bir qator tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida internet orqali faoliyat yuritgan narkodo‘konga aloqador 14 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Qo‘lga olinganlar orasida nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ikki nafar talabasi ham bor. 3-bosqich talabasining avtomobilidan 500 gramm alfa-PVP, 2-bosqich talabasidan esa 263 gramm alfa-PVP aniqlangan.

Tezkor tadbirlar doirasida protsessual tartibda jami 2,5 kilogramm alfa-PVP musodara qilingan. Mazkur miqdor 71 433 ta iste’mol dozasiga teng ekani ma’lum qilindi.

Shuningdek, xalqaro tezkor tadbir doirasida jinoiy tashkilot rahbarlaridan biri xorijda qo‘lga olingan.

Hodisa yuzasidan barcha gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi bilan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Ular qamoqqa olingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar