
Sakson yoshli kampir (ismi-sharifi sir tutilgan) haqiqatan 22 yoshli yigit Aleksandrning buvisi hisoblanadi. Kampirning aytishicha, eri ancha yillar burun o‘lib ketgan. Nevarasi Aleksandr bilan nikohdan o‘tishi haqida mahalla faollari unga xabar qilishdi. Bu xabarni eshitgan kampir achchiq-achchiq yig‘ladi.
— Men bu voqeadan umuman bexabar edim, — deydi onaxon. — Nevaram hujjatlarniyam menga bildirmasdan rasmiylashtiribdi, men u bilan nikohdan ham o‘tibman. Qanday sharmandalik!..
— Men Ukraina armiyasi safida xizmat qilishni xohlamayman, — dedi Aleksandr. — Chunki o‘zimning millatdoshlarimni, vatandoshlarimni otib o‘ldirish qo‘limdan kelmaydi…
Ammo harbiy komissariatdagilar Aleksandr taqdim etgan hujjatni qalbaki deya baholashdi. Ular buni sud orqali isbotlashga bel bog‘lashgan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar