22:00 / 03.12.2017
5 432

Trampning sobiq yordamchilari u bilan ishlash mashaqqatlari haqida...

Trampning sobiq yordamchilari u bilan ishlash mashaqqatlari haqida...
Donald Trampning sobiq yordamchilari Kori Levandovski va Devid Bossi hammuallifligidagi kitobda AQSh prezidenti jamoasidagi har bir kishi qachondir o‘z tanlovi to‘g‘risida shubhaga borgani haqida yozilgan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Ular Amerika rahbari bilan ishlash naqadar og‘ir ekani haqidagi fikrlarini bayon etishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Tramp tez-tez g‘azab otiga minib, o‘z xodimlariga baqirgan, istalgan sabab bilan ularni ishdan haydab yuboravergan. «Mayli, Tramp bo‘lsa Tramp» (Let Trump Be Trump) nomli kitob keyingi haftada sotuvga chiqariladi.

Prezident ma’muriyatining sobiq xodimlari Trampning taomlar menyusi haqida ham gapirishgan. Tushlikka u ikkita gamburger, ikkita sendvich yeydi va shokolad-sutli kokteyl ichadi. U hamisha fastfudni afzal ko‘radi: qovurilgan jo‘jalar, pitssalar va albatta kola. U hamisha safarlarga chiqishda chemodaniga pechene va chipsni to‘ldirib oladi— prezident ularni xodimlar ko‘z o‘ngida paqqos tushiradi.

Mualliflar kimki Tramp bilan ishlasa, qachondir bu ishga kirganidan afsuslanishi haqida aytib o‘tishgan.

«Uning g‘azabi qasddan birovni haqoratlash uchun yo‘naltirilmasligi mumkin. Ammo ba’zida uning harakatlarini boshqacha tushunib bo‘lmaydi», — deya yozishgan mualliflar.

Ularning ikkisi ham jondan to‘yib prezident samolyotidan o‘zlarini tashlash istagida bo‘lganlarini tan olishgan. «Ammo keyin o‘rganib ketdik», deyishadi ular.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning sobiq yordamchilari u bilan ishlash mashaqqatlari haqida...