Tojikistonda paxta oligarxi hibsga olindi

1 daqiqa o'qish5.7K
Tojikistonda paxta oligarxi hibsga olindi
Tojikistonda «Olimi Karimzod» kompaniyasi rahbari va «Olim Tekstaylz» tekstil fabrikasi egasi Jamshid Abdulov qo‘lga olindi. Tojikistonlik oligarx «Tojsanoatbank»ka 15 million dollarlik kreditni qaytarmaganlikda ayblanmoqda. Abdulovning hibsga olingani bir necha manbalar tomonidan tasdiqlangan.

Huquqni muhofaza qilish organlari vakillari oligarx hibsga olingani haqidagi xabarlarga izoh bermadi. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Abdulov ayni vaqtda Dushanbe shahrining Firdavsiy tumanida joylashgan tergov izolyatorida saqlanmoqda. Uning oilasi esa Dubayda yashaydi.

Xabar qilinishicha, «Olimi Karimzod» kompaniyasi rahbari avvalroq «Tojiksodirotbank»dan ham 4 million dollarlik kreditni olgan, biroq hibsga olinganidan so‘ng bu mablag‘lar moliya muassasasiga qaytarildi.

Xabarlarga ko‘ra, Jamshid Abdulov Tojikiston hukumati bosh vaziri o‘rinbosari Davlatali Saidning «Tojsanoatbank» mijozlari guruhi bilan uchrashganidan so‘ng hibsga olindi. Litsenziyasidan mahrum etilgan bank omonatchilari bosh vazir o‘rinbosariga ba’zi oligarxlar, jumladan, Jamshid Abdulov «Tojsanoatbank»ka ko‘p millionli kreditlarni qaytarib bermagani va shuning uchun ular o‘z pullarini qaytarib ololmayotganliklaridan shikoyat qilishgan.

Matchin tumanidagi Takeli posyolkasida joylashgan «Olim-Tekstaylz» YoAJ Tojikiston rahbari Imomali Rahmon ishtirokida 2010 yilning 25 mart kuni ishga tushirilgan. O‘tgan yilda So‘g‘d viloyatining soliq boshqarmasi rahbariyati korxona 19 million somoniy (taxminan 2 mln dollar) qarz bo‘lib qolgani haqida xabar bergandi, bu respublika hukumati korxonaga qator soliq imtiyozlari taqdim etganiga qaramay yuz bergan.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?