AQSh vizasiz davlatlar uchun talablarni kuchaytirdi

1 daqiqa o'qish6.5K
AQSh vizasiz davlatlar uchun talablarni kuchaytirdi
AQSh hukumati juma, 15 dekabr kuni mamlakatga vizasiz kirish dasturida ishtirok etuvchi 38 davlatga qo‘shimcha talablar joriy qildi. Bu haqda Reuters yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, endilikda bu mamlakatlar chegarani uchinchi davlatlardan kesib o‘tadigan o‘z fuqarolarini tekshirish uchun AQSh aksilterrorchilik amaliyotlari haqidagi ma’lumotidan foydalanishlari lozim.

Shuningdek, davlatlar AQShda qolish muddati o‘tib ketishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga doir axborot kampaniyalarini o‘tkazishlari kerak.

Xususan, ushbu mamlakatlarning AQShda bo‘lish muddatini o‘tkazib yuborgan fuqarolari kelajakda davlatga vizasiz borish huquqidan mahrum etilishi mumkin.

Qo‘shma Shtatlar hukumati tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ma’lumotlariga qaraganda, ko‘proq Gretsiya, Vengriya, Portugaliya hamda San-Marino fuqarolari AQShda bo‘lish muddatini o‘tkazib yuboradi.

Bundan tashqari, AQSh vizasiz kirish huquqiga ega mamlakatlarni o‘z aeroportlarida ularning “insayderlik tahdidlari”ga qarshi kafolatlari bo‘yicha ham baholab boradi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, vizasiz kirish dasturi asosan Yevropa mamlakatlari fuqarolariga Qo‘shma Shtatlarga 90 kunlik muddatga vizasiz safar qilish imkonini beradi. 38 davlatdan bo‘lgan fuqarolar AQShga kirish uchun ruxsatnoma olishining o‘zi yetarli.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga immigratsion viza lotereyasi orqali kelayotgan odamlarni o‘z jamiyatlarining “yomonlar ichidagi eng yomoni” deb atagandi hamda bu mexanizmni bekor qilishga chaqirgandi.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?