Chilida prezident saylovi natijalari ma’lum qilindi
1 daqiqa o'qish4.4K

Chili markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidenti saylovida Sebastyan Pinyera g‘olib bo‘lganini ma’lum qildi. U mamlakatni 2018-2022 yillarda boshqaradi.
99,62 foiz ovoz hisoblab chiqilgandan keyin Pinyera 54,57 foiz, uning raqibi senator Alexandro Giliyer 45,43 foiz ovoz olgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz nashri.
“Raqibim Sebastyan Pinyerani tabriklayman, men g‘alaba bilan tabriklash uchun unga qo‘ng‘iroq qildim”, deb aytgan Giliyer Santyagodagi matbuot anjumanda.
Amaldagi prezident Mishel Bachelet ham Pinyerani g‘alaba bilan tabriklagan.
Pinyera va Giliyer saylovning 1-turida mos ravishda 36,64 va 22,70 foiz to‘plagandilar. 1-turda g‘olib bo‘lish uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plash kerak edi.
Sebastyan Pinyera avval ham prezident lavozimini 2010-2014 yillarda egallagan. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 2,7 mlrd dollarni tashkil qiladi.

- #Chili Markaziy Saylov
- #Prezident Saylovi
- #Sebastyan Pinyera
- #Alexandro Giliyer
- #G‘alaba Tabriklari
- #Mishel Bachelet
- #Ovoz Hisobi
- #Tur
- #Boylik Ma’lumotlari
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…