"Hayratdan qotib qoldik". Baliqchilar homilador “buqa-akula”ni ushlashdi

1 daqiqa o'qish9.7K
"Hayratdan qotib qoldik". Baliqchilar homilador “buqa-akula”ni ushlashdi
Avstraliyalik baliqchi Menning daryosida uch metr keluvchi homilador «buqa-akula»ni (Carcharhinus leucas) ushladi. Bu haqda «The Daily Telegraph»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Baliqchining so‘zlariga ko‘ra, bu uning ovlagan eng yirik hayvonidir. U uch metrlik yirtqichni Yangi Janubiy Uelsda do‘sti bilan birga ushlagan. Baliqchilar shtatning sohaviy Departamenti uchun kichik baliqni tutishni, "uni belgilab qo‘yib, so‘ng qo‘yib yuborishni" rejalashtirishgan edi.

Baliq ovi boshlanganidan taxminan bir soat o‘tib, ular qarmoq po‘kagi qimirlayotganini sezib qolishdi. Avvaliga kichik akula ushlangan, deb o‘ylashdi hamda uni chiqarib olishga urinishdi. Biroq “o‘lja” ancha katta ekanini tezda tushunib yetishgan.

"Biz hayratdan qotib qoldik. Bir-birimizga qarab, u naqadar katta ekanini tushundik. Biz bu ishni oxiriga yetkazish lozimligini yaxshi anglab turardik", - deya ma’lum qildi baliqchilardan biri.

Xabar qilinishicha, dengiz yirtqichini “ushlash” uchun ular taxminan 45 daqiqa vaqt sarflashgan. Baliqchilar akulani chiqarib olishganidan keyin esa, u homilador ekanini bilishdi. Ikki baliqchi akulani erkinlikka qo‘yib yuborgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?