Rossiya paxta yetishtirishni boshlamoqchi. Paxta yetishtiriladigan maydon 200 ming gektardan ko‘proqqa baholanmoqda. 2018 yilda ming gektar yerga paxta ekilmoqchi.
“Paxta yetishtirish bo‘yicha ish boshlanmoqda, bu biz uchun yangi o‘simlik, biz tayyormiz. Ayni vaqtda texnologiya masalalari hal qilingan, joriy yilda Astraxan va Volgogradda ming gektar yerga chigit ekiladi”, deb aytgan Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligining o‘simlikshunoslik, mexanizatsiyalash, o‘simliklarni kimyolash va himoyalash departamenti direktori Pyotr Chekmaryov Butunrossiya agronomlari yig‘ilishida.
“Bizda imkoniyat bor, bizda paxta yetishtirsa bo‘ladigan 200 ming gektar maydon bor. Shu sababli ushbu xom ashyo bilan o‘zimizni ta’minlash uchun bu yo‘nalishdagi ishni davom ettiramiz va takomillashtiramiz”, deb aytgan Chekmaryov.
“Gap nimada – men hozirgina O‘zbekistondan qaytdim. Uch yildan keyin biz bu yerlardan paxta ololmaymiz, chunki ularda paxtani qayta ishlovchi kombinatlar qurilishi faol tarzda olib borilmoqda va ular bizga bir tonna ham paxta xom ashyosi sotishmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Chekmaryov.
Rossiya qishloq xo‘jaligi materiallarida ta’kidlanishicha, mavjud meliorativ tizimlarni tiklash va yangilarini qurish sharti bilan Rossiyada paxta yetishtirish bo‘yicha maksimal maydon 222 ming gektarga baholanmoqda (Astraxan viloyatida 47 ming, Volgograd viloyatida 10 ming, Stravropol o‘lkasida 120 ming, Qolmig‘istonda 24 ming va Qrimda 10 ming gektar).
Rossiya korxonalarining paxta tolasiga ehtiyoji 2018 yilda 68 ming tonnaga, 2019 yilda esa 71,1 ming tonnaga baholanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi