Qozog‘iston sovet harbiy texnikasini eksportga sotishni rejalashtirmoqda
1 daqiqa o'qish5.2K

Qozog‘iston sovet harbiy texnikasini modernizatsiya qilib, eksportga sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda parlament Majilisida QR mudofaa va aerokosmik sanoati vaziri Beybut Atamqulov ma’lum qildi. Bu haqda «Qozog‘iston» hukumati xabariga tayanib «Tnews» yozmoqda.
Vazirning so‘zlariga qaraganda, Qozog‘istondagi harbiy qism omborlarida sovet davridan qolib ketgan eski harbiy texnikalar bor. Mana shu texnikalar ta’mirlanib, modernizatsiya qilinib va eksport qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Realizatsiya qilib bo‘lmaydigan texnikalarni utilizatsiya qilish kerak. Bu kabi choralar mamlakat ichkarisida qurollar yashirin savdosi paydo bo‘lmasligi uchun qo‘llanilmoqda.
Bundan tashqari, ishlatilmagan qurollar va harbiy texnikalarni sotilishi bilan bog‘liq masalani qonun bilan mustaxkamlab qo‘yish kerak. Unga ko‘ra, qurollar Qozog‘iston Mudofaa-sanoat majmuasi tashkilotlarida ta’mirlanadi, modernizatsiya qilinadi va eksport uchun sotiladi.

- #Qozog‘iston
- #Harbiy Texnika
- #Modernizatsiya
- #Eksport Rejasi
- #Mudofaa Sanoati
- #Qonuniy Masalalar
- #Texnikalarni Utilizatsiya
- #Qurollar Savdosi
- #Parlament Majilisi
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…