Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o'qish5.1K
Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 11 aprelda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari o‘tishini belgiladi. Aslida ovoz berish 2018 yilning oktyabrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Prezident bayonotida nima uchun saylovlar o‘tadigan sana o‘zgartirilgani aytilmagan.

Aliyev – xukmron partiyadan Ozarbayjon prezidentliga nomzod sifatida ko‘rsatildi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

2016 yilda Ozarbayjonda Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritishga bag‘ishlangan referendum bo‘lib o‘tdi. Mamlakat bosh hujjatiga jami 29ta qo‘shimcha kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartishlardan biri prezident vakolatlarini besh yildan yetti yilga uzaytirish bo‘ldi. Mamlakatning amaldagi rahbari 54 yoshli Aliyev 2003 yildan beri prezident lavozimini egallab keladi. U prezidentlikni bemor otasidan qabul qilib olgan va uch marta bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida ( 2003y, 2008 y va 2013 y.) g‘alaba qozongan edi. Uning amaldagi prezidentlik muddati 2018 yilda yakunlanishi kerak edi.

Yana bir qo‘shimchaga binoan mamlakatda ikkita vitse-prezident lavozimi ta’sis etildi. Har ikki vitse-prezident prezident tomonidan tayinlanadi va ishdan bo‘shatiladi, birinchi vitse-prezident esa mamlakatdagi ikkinchi rahbar deya tan olinadi. Prezident o‘z vazifasini bajara olmay qolgan taqdirda parlament tomonidan tayinlanadigan bosh vazir emas, balki birinchi vitse-prezident prezident vakolatlarini qabul qiladi.

2017 yilda Aliyev o‘zining rafiqasi, Majlis deputati Mehriban Aliyevani Ozarbayjon birinchi vitse-prezidenti lavozimiga tayinladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?