Ozarbayjonda TikTok'da so‘kingan bloger 15 sutkaga qamaldi

Ozarbayjonda TikTok'da so‘kingan bloger 15 sutkaga qamaldi

Ozarbayjonda TikTok orqali jonli efir vaqtida haqoratli so‘zlar ishlatgan bloger 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda mahalliy manbalar xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, TikTok'da «Isiçan» nomi bilan tanilgan 25 yoshli Iso Guliyev efir davomida odob-axloq qoidalariga zid so‘zlarni ishlatgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Sud ishni ko‘rib chiqib, blogerni jamoat axloqi me’yorlarini buzganlikda aybdor deb topdi. Unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar