02:37 / 10.02.2018
4 172

Qirg‘iziston prezidenti korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi

Qirg‘iziston prezidenti korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi
Bishkekda 8 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik Kengashi majlisida Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov korrupsiyaga qarshi kurash olib borishga jalb qilingan barcha idoralarni tanqid qildi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

U bayonot berib, xuquq-tartibot, nazorat idoralari va sudlarning o‘zlari korrupsiyaga aralashib qolganligini aytdi. U bu kabi ko‘rinishlarga qarshi kurashni kuchaytirishga va qo‘li toza bo‘lmagan xodimlardan voz kechishga chaqirdi. Tahlilchilar davlat rahbarining korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi va’dalarini turlicha talqin qilishmoqda.

Sooronbay Jeenbekov MXDQ Aksilkorrupsiya xizmatining faoliyatini samarasiz va sifatsiz deya baholadi. Shu munosabat bilan u ish formati o‘zgartirilishini va har bir xodim egallab turgan lavozimiga mos kelishi yoki kelmasligini o‘rganish lozimligini ta’kidladi. Prezident sud, huquq-tartibot va nazorat idoralari ustidan bo‘ladigan har bir jiddiy arizani o‘z nazoratiga olishini qayd qildi.

Jeenbekovning qo‘shimcha qilishicha “uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning samarasiz bo‘lishining bosh sababi – bu korrupsiyadir». Uning ta’kidlashicha, «Jinoiy guruhlarga pullarning oqib borishini xuquq tartibot va sud idoralaridagi yuqori lavozimli shaxslarning ishtirokisiz amalga oshirib bo‘lmaydi».

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi ikki yilda xuquq tartibot idoralari tomonidan 76 minga yaqin jinoiy ish ochilgan. Biroq ularning yarmi yopilgan yoki gumondor aniqlanmagani uchun to‘htatilgan. Sudga jinoiy ishlarning atigi 30% yuborilgan, shundan atigi 10% bo‘yicha ayblov hukmi e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidenti korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi