Uralsk shahridagi yangi maydon Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hurmati uchun qayta nomlanishi borasida taklif berildi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.
Uralsk shahar ma’muriyati matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, maydonni qayta nomlash borasidagi taklif Jamoatchilik kengashining kuni kecha bo‘lib o‘tgan majlisida berilgan va bu taklif shahar Maslahatida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Bu taklif deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘lsa, u holda respublika onomastik komissiyasiga topshiriladi, deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.
O‘tgan oyda Janubiy Qozog‘iston viloyati(JQV) Maslahati deputatlari Chimkent shahridagi “Ostona prospekti”ni Nursulton Nazarboyev prospekti deb qayta nomlash borasidagi taklifni qo‘llab-quvvatlagan edi.
O‘tgan yilning noyabr oyi so‘ngida esa Olmaotadagi sovet davridan beri o‘zgarmay kelayotgan markaziy ko‘chalardan biri Nazarboyev prospekti deb o‘zgartirilgan edi. Qozog‘iston birinchi prezidenti kuni arafasida qabul qilingan qaror “ko‘p sonli aholining taklifi”ga binoan amalga oshirilgani bilan izohlandi.
Qozog‘istonda Nazarboyev Universiteti, Nazarboyev intellektual maktabi faoliyat yuritadi, birinchi prezident kutubxonasi ham bor. Nursulton Nazarboyev xaqida “Yetakchi yo‘li” kinoepopeyasi suratga olingan, o‘nlab kitoblar yozilgan, ayrim shaharlarda prezidentga yodgorliklar o‘rnatilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi