
Tailandda yo‘lovchi tashuvchi avtobus mudhish halokatga uchradi. Yo‘l-transport halokati natijasida yong‘in kelib chiqqan. Haydovchi avtobus ichidagi 50 kishining hayotini saqlab qoldi, biroq o‘zi vafot etdi. Bu haqda Qalampir nashri ma’lum qildi.
Hodisa 15 fevral kuni sodir bo‘lgan. Avtobus bir guruh xodimlarni olib ketayotgan edi. Transport vositasi tog‘dan pastga tushish vaqtida kutilmaganda yong‘in yuzaga kelgan.
Haydovchi zudlik bilan yo‘lovchilarni olov ichidan olib chiqishga uringan va ularni qutqarib qolgan. Ammo avtobus tog‘ yo‘li bo‘ylab pastga tushishni boshlagan. Haydovchi uni to‘xtatish maqsadida avtobusning ichiga kirib olgan, biroq ulgurmagan. Sababi avtobus qarshisidagi yuk mashinasiga urilgan. Haydovchi og‘ir jarohat olib, voqea joyida jon bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar