Bishkekda ayol avtobus haydovchisiga hujum qildi

Bishkek shahrida 13-sonli avtobus haydovchisi va yo‘lovchi ayol o‘rtasida mojaro yuz berdi. Hodisa 18 avgust kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Bu haqda "Svodka" xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus harakatlanayotgan paytda yo‘lovchi ayol bekat tugmasini bir necha bor bosgan. Haydovchi undan qaysi bekatda tushishini so‘raganida, ayol haqoratli so‘zlar bilan javob bergan va haydovchiga qo‘l ko‘targan.
Mojaro avtobusdan tushgandan keyin ham davom etgan. Ayol transport vositasining eshik qismini tosh bilan urib, oynasini sindirgan.
Mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgan va tegishli tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Voqeaning boshqa tafsilotlari hamda ayolga nisbatan qanday chora ko‘rilishi tekshiruv yakunlariga ko‘ra ma’lum qilinadi.






























Izohlar 0
…