Avvalroq, Dog‘istonning Qizlyor shahrida mahalliy fuqaroning odamlarga hujum qilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Dog‘iston fuqarsi Rasul Temirbekov ovchilik qurolidan “Qishni kuzatish bayrami” (Maslenitsa)ni nishonlash uchun cherkovga yig‘ilgan odamlarga qarata o‘q uzgan.
Bo‘lib o‘tgan hodisaga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram kanalida izoh bergan.
“U shaxsning hech bir dinga bog‘liqlik joyi yo‘q. E’tiqodli odam hech qachon begunoh odamlar jonini olmaydi.
Bu jinoyatchi, qotilni qattiqqo‘lik bilan javobgarlikka tortish kerak. O‘ylashimcha, kim va nima maqsadda uni qo‘liga qurol olishga va odamlarni otishga undaganini aniqlash lozim. U bilan bog‘liq bo‘lganlar, u kabi jazoga mahkumdirlar.
Ishonch bilan aytish mumkin-ki, o‘sha jinoyatchi va uni o‘z panohiga olgan kimsalar islom bilan hech qanday aloqalari yo‘q. Shimoliy Kavkaz har doim nasroniylar va musulmonlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik va o‘zaro bir birini tushinish bilan ajralib turgan! Biz bugun ham Rossiya dushmanlari va gij-gijlovchilarining istalgan urinishlariga qarshi turishimiz shart”, deb izoh bergan Ramzan Qodirov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi