2017 yilda milliarderlar 437 nafarga ko‘paydi

2 daqiqa o'qish4.9K
2017 yilda milliarderlar 437 nafarga ko‘paydi
2017 yilda butun dunyoda milliarderlar 437 nafarga ko‘payib, 2694 nafarga yetdi. Bu esa yangi rekorddir, deb ma’lum qilindi “Xujun” (Hurun Research Institute) tadqiqot institutining hisobotida. Ushbu tashkilot har yili dunyodagi eng badavlat odamlar ro‘yxatini tuzadi.

Hisobotga ko‘ra, dunyodagi eng boy odam sifatida Amazon.com asoschisi Jeff Bezos e’tirof etildi, uning boyligi 123 mlrd dollarga baholangan. 2-o‘rin Berkshire Hathaway rahbari, amerikalik tadbikor, 102 mlrd dollar sohibi Uorren Baffetga berildi. Microsoft asoschisi Bill Geyts 90 mlrd dollar bilan 3-o‘rinni, Facebook rahbari Mark Sukerberg 79 mlrd dollar bilan 4-o‘rinni egalladi.

Yetakchi o‘ntalikka Nyu-Yorkning sobiq meri, Bloomberg axborot agentligi egasi Maykl Blumberg ham kirgan, uning boyligi 49 mlrd dollarga baholangan.

Xitoy bir mamlakatda yashovchi milliarderlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda va uning bu ko‘rsatkich bo‘yicha boshqa davlatlardan oldinlab ketishi borgan sari kattalashmoqda. Institut ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda 571 milliarder yashaydi, Xitoyda esa (Hongkong, Makao va Tayvan ham kiradi) o‘tgan yilga 210 nafar ko‘proq – 819 milliarder qayd qilingan. Institut ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy va AQSH hisobiga dunyodagi barcha milliarderning yarmidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Milliarderlar poytaxti deb ataluvchi Pekinning o‘zida 131 milliarder yashaydi, Nyu-Yorkda esa ularning soni 92 nafarni tashkil qiladi.

Ayni vaqtda Xitoy va Osiyoning eng boy odami Tencent telekommunikatsiya kompaniyasi asoschisi Poni Ma (Ma Xuaten) hisoblanadi, uning boyligi 47 mlrd dollarga yetdi. O‘tgan yil Hindiston uchun ham yomon kechmadi, u 131 milliarder bilan 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 4-o‘rinni 118 nafar milliarder bilan Buyuk Britaniya, 5-o‘rinni 114 nafar milliarder bilan Germaniya egallamoqda.

Rossiyada ayni vaqtda 71 milliarder, xususan Moskvada 62 milliarder yashamoqda va u bu borada 7-o‘rinni egallamoqda. Tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik milliarderlar uchun eng serdaromad sohalar energetika va metallurgiya bo‘lib qolmoqda. “Xujun” versiyasiga ko‘ra, eng boy rossiyalik “Severstal” bosh direktori Aleksey Mordashev hisoblanib, uning boyligi 20 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, barcha milliarderlarning 15 foizini ayollar tashkil qiladi, ularning ulushi 2016 yilgi darajada qolgan bo‘lsa-da, soni 152 nafardan 184 nafargacha ko‘paygan. Dunyodagi eng boy ayol Wal-Mart do‘konlari asoschisining 68 yoshli qizi Elis Uolton hisoblanib, uning boyligi 48 mlrd dollarga baholangan.

85 milliarderning yoshi 40 dan kichik, ulardan 47 nafari o‘z boyligini mustaqil ishlab topgan. Ro‘yxatdagi eng yosh ayol milliarder norvegiyalik Aleksandra Andresen 21 yoshda bo‘lib, uning boyligi 1,3 mlrd dollarni tashkil qiladi va uni otasidan meros qilib olgan. Eng boy erkak milliarder 27 yoshli amerikalik va irlandiyalik tadbirkor, Stripe to‘lov tizimi asoschisi Jon Kollison bo‘lib, uning boyligi 1,2 mlrd dollarga baholangan.

Reyting 2018 yil 31 yanvargacha bo‘lgan holatni aks ettiradi.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?