Milliarderlardan biri Uorren Baffet O‘zbekistonning "Got Talent" shousini tomosha qilishi ma’lum bo‘ldi

Milliarderlardan biri Uorren Baffet O‘zbekistonning "Got Talent" shousini tomosha qilishi ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng taniqli investorlaridan biri Uorren Baffetning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. 96 yoshli milliarder deyarli har oqshom uyidagi katta televizorda YouTube tomosha qiladi.

Qizig‘i, uning ko‘radigan kontentlari orasida O‘zbekistonning mashhur iste’dodlar shousi — «O‘zbekiston Got Talent» ham bor. Bu haqda Baffetning yaqin do‘sti Sharon Osberg The Wall Street Journal nashriga ma’lum qilgan.

Baffet YouTube'da faqat zamonaviy kontent bilan cheklanmaydi. U 1950 yillardagi reklama roliklari, eski filmlar, mashhur san’atkorlarning chiqishlari, hujjatli filmlar hamda havaskor ijodkorlarning videolarini ham tomosha qiladi.

E’tiborlisi, milliarder bo‘sh vaqtida moliya yoki investitsiyaga oid videolarni izlashdan ko‘ra, ko‘ngil ochishga va dam olishga yordam beradigan turli kontentlarni tomosha qilishni afzal ko‘rarkan.

Shu tariqa, O‘zbekistonning iste’dodlar shousi dunyoning eng mashhur milliarderlaridan birining ham e’tiborini tortgan kontentlar qatoridan joy olgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar