Rossiyada byudjetdagilar saylovlar arafasida birdaniga maoshlar ko‘tarilganini aytishmoqda

1 daqiqa o'qish4.2K
Rossiyada byudjetdagilar saylovlar arafasida birdaniga maoshlar ko‘tarilganini aytishmoqda
Yil boshidan beri byudjet sohasi xodimlari – shifokorlar, oliy ta’lim dargohi o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarning maoshlari bir necha barobar oshdi. Bu haqda RBK xabariga tayanib Tnews.uz yozmoqda. Ayrim hollarda oylik maoshlar besh barobar oshgani haqida gap bormoqda.

Masalan, Moskvadagi Botkin nomli klinik shifoxona xodimlarining maoshi ikki barobar oshirildi. Bu haqda shifoxona xodimlari RBKga ma’lum qilishdi. Oylik maoshlar ikki-uch barobar oshgani haqida Gelmgols nomli ko‘z kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining shifokorlari ham ma’lum qildilar. Mintaqaviy sog‘liqni saqlash «Deystviye» (“Harakat”) kasaba uyushmasi xodimlarining so‘zlariga qaraganda, oylik maoshlar birdaniga ko‘tarilgani haqidagi xabarlar mintaqalardan, jumladan Novgorod viloyati va Ijevskdan kelmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchitlarining maoshlari ham sezilarli darajada ko‘paydi. Moskva Davlat universiteti faollarining hisob-kitoblariga qaraganda, ilmiy xodimlar va o‘qituvchilar tarkibi bir oylik maoshning besh barobar miqdorida pul olishgan.

Moskva iqtisodiy siyosat departamentining ma’lum qilishicha, gap bu yerda “may farmonlari”ning bajarilishi haqida bormoqda, unga ko‘ra 2018 yilda shifokorlar, Oliy ta’lim dargohlarning o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining maoshlari mintaqa bo‘yicha o‘rtacha 200 foizni tashkil qilishi kerak.

2012 yilning may oyida Vladimir Putin Rossiya prezidenti lavozimiga kirishar ekan 11ta hujjatga imzo chekkan edi. Bu hujjatlar “may farmonlari” deya ataladi. Bu farmonlar rossiyaliklarning, jumladan shifokor va o‘qituvchilarning turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Dekabr oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Putin farmonlar 94 foizga bajarilganini ma’lum qildi. Biroq o‘z so‘ziga, «hal qilinmagan masalalar, amalga oshirilganidan ko‘p ekanini” qo‘shimcha qildi.

Rosstatning yanvar oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada shifokorlarning o‘rtacha maoshi 28 foizgacha ( 72 ming rubl), ilmiy xodimlarning maoshi 37 foizga (87 ming rubl), oliy ta’lim dargohlari o‘qituvchilarining maoshi esa 21 foizgacha (77 ming rubl) oshgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?