Dissernet besh nafar tojik olimini ko‘chirmakashlikda aybladi

1 daqiqa o'qish4.1K
Dissernet besh nafar tojik olimini ko‘chirmakashlikda aybladi
Nomzodlik dissertatsiyalarida ko‘chirmakashlik fakti aniqlanganidan so‘ng ikki nafar tojik tadqiqotchisi ilmiy unvonlaridan mahrum qilindi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

Tojik olimlarining ko‘chirmakashligini “Dissernet” (to‘la nomi “Dissernet” tarmoq hamjamiyati) — ko‘ngillilik asosida tashkil etilgan tarmoq hamjamiyati aniqladi. Mazkur hamjamiyat asosan Rossiya ilmiy va ta’lim doiralarida himoya qilingan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini jamoatchilik asosida ekspertizadan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

2013 yilning yanvarida faol harakatini boshlagan Dissernet 2010 yildan 2017 yilgacha o‘z dissertatsiyalarni himoya qilgan va Rossiya OAK tomonidan ilmiy unvon olgan besh nafar tojik olimini plagiatda va boshqa ilmiy maqola va attestatsiya ishlari matnlaridan ommaviy ravishda vijdonsizlarcha foydalanganlikda ayblab chiqdi.

Dissernet hamjamiyatining Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligiga qilgan murojjatidan so‘ng ikki nafar tojik olimi -yuridik fanlari nomzodi Zafar Tayfurov va Dushanebe shahar Majlisi deputati, iqtisod fanlari doktori Nazrullo Amirovning ilmiy ishlari takroran ko‘rib chiqildi va dissertatsiya kengashi qaroriga asosan ular ilmiy unvonlaridan mahrum qilindilar.

Dissernet hamjamiyati faollari o‘zlarining saytida, Amirov N.Z. Goncharovaning 2008 yildagi “Razvitiye rыnka myasnoy produksii skotovodstva v Rossiyskoy Federatsii: teoriya, metodologiya, praktika” (Rossiya Fedaratsiyasi chorvachilikda go‘sht mahsulotlari bozorining rivojlanishi: nazariya, metodolgiya va amaliyot”) ilmiy ishini muallifni ko‘rsatmagan holda o‘zlashtirib olgani aniqlanganini bildirdi. Dissernetning ta’kidlashicha, Amirov materiallarni o‘zlashtirayotganda “Rossiya” so‘zini “Tojikiston” ga o‘zgartirgan. Nazrullo Amirov 19 mart kuni bayonot berib, doktorlik unvonidan mahrum qilinishi tushunmovchilik asosida yuz berganini ta’kidladi, biroq Rossiya tomoni uning fikrlariga quloq solmadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?