13:14 / 13.04.2018
3 396

Qozog‘istonda “40 ming dollar pora uchun” prokuror sudlanmoqda

Qozog‘istonda “40 ming dollar pora uchun” prokuror sudlanmoqda
Oqtobe shahar sudida 11 aprel kuni ochilgan jinoiy ishni yopish maqsadida viloyat prokurori tomonidan Bosh prokuratura xodimlariga “pora berishga urinish” ishi bo‘yicha eshituvlar bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

Shahar sudida bo‘lib o‘tgan dastlabki eshituvlarda ayblanuvchi— prokuror Esentur Qadirovdan tashqari u pora bermoqchi bo‘lgan — Bosh prokuratura xodimlarining ismi shariflari ham aytildi.

2017 yilning avgustida Qozog‘iston Bosh prokuraturasi Oqtobe prokuraturasining ayrim xodimlariga nisbatan o‘zlarining xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lish bo‘yicha ish ochilgan edi. Bu ish bo‘yicha tergov olib borishni 17 avgust kuni Atirau viloyat maxsus prokuroriga topshirildi.

Davlat ayblovchisining so‘zlariga qaraganda, sudlanuvchi Esentur Qadirov vositachi — Oqtobe viloyat prokuroining shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha katta yordamchisi Aybol Tolegenov orqali “jinoiy javobgarlikdan qutilib qolish va mansabni egallash” maqsadida ichki tergov departamentiga pora bermoqchi bo‘lgan.

Dastlabki eshituvlarda guvoh sifatida ishtirok etgan Aybol Tolegenovning aytishicha, Esentur Qadirov unga 40 ming dollar berib bosh prokuraturaning ichki tergov departamentining Oqtobe viloyati bo‘yicha kuratori Jukka topshirishni so‘ragan, o‘z navbatida Juk bu pullarni o‘sha vaqtdagi ichki tergov departamenti rahbari Badanovga topshirishi kerak edi. “U qanday qilib javobgarlikdan qutilib qolishning hisobini olgan edi. Mening, “shuncha pulni qayerdan oldingiz?” degan savolimga, ota-onam yordam berishdi, deya javob qaytardi. Bu haqda men 8 noyabr kuni Bosh prokuraturaga xabar qildim. 12 noyabr kuni Esentur Qadirov 40 ming dolllar porani mening mashinamda berayotganida ushlandi”, — dedi Tolegenov.

Uy qamog‘ida bo‘lgan Esentur Qadirov,o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovga rozi emasligini bildirdi. Uch nafar advokatlaridan biri bo‘lmish Jumabay Aristanov o‘z mijozi pul berayotganida qo‘lga olingani to‘g‘risidagi bayonotlarni inkor qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda “40 ming dollar pora uchun” prokuror sudlanmoqda