Turkiyalik doktor AQSh prezidentining maxsus vakili bo‘ldi
1 daqiqa o'qish3.1K

Yozgan kitoblari, tadqiqotlari va teledasturlari bilan shuhrat qozongan Mehmet O‘z AQSh prezidenti Donald Trampning sport, sog‘liq va taomlanish bo‘yicha kengashi tarkibiga kiritildi. Bu haqda «Hurriyet»ga tayanib «Xabar.uz» xabar bermoqda.
AQSh prezidentiga maslahat beradigan kengashlarning ahamiyati juda katta. Bu kengashlar tarkibiga juda kuchli mutaxassislar kiritiladi.
AQSh prezidentining sport, sog‘liq va taomlanish bo‘yicha kengashi tarkibidan ayni paytda Mehmet O‘z bilan birga Amerikaning «New England Patriots» futbol jamoasi bosh murabbiyi Bill Belichik hamda «Incredible Hulk» seriali bosh qahramoni Dou Ferrigno ham o‘rin olgan.
Tramp Mehmet O‘zni jamoaga tanishtirar ekan: «Ikki yil mobaynida mening sport mashqlarim va taomlanishim bo‘yicha menga maslahat beradi», – degan.
«New York Daily News» gazetasi Mehmet O‘zning AQSh prezidentiga maxsus vakil bo‘lishga munosib emasligini yozgan.
Donald Tramp saylov arafasida Mehmet O‘z bilan bir teledasturda suhbatlashgan va o‘zining sog‘lig‘i haqida so‘ragan edi.

- #Mehmet O‘z
- #AQSh Prezidenti
- #Sport Kengashi
- #Sog‘liq Masalalari
- #Taomlanish Bo‘yicha
- #Bill Belichik
- #Dou Ferrigno
- #Teledastur Suhbat
- #Hurriyet Xabari
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…