Afg‘onistonda avtomobil yo‘lda ko‘milgan bombani bosishi natijasida 7 kishi halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish3.7K
Afg‘onistonda avtomobil yo‘lda ko‘milgan bombani bosishi natijasida 7 kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonning Faryob viloyatida avtomashina yo‘lda ko‘mib qo‘yilgan bombani bosib ketishi natijasida kamida 7 kishi halok bo‘lgan va yana bir kishi jarohatlangan. Bu haqda «Pajvok» axbrot agentligining muxbiri Qutbiddin Ko‘hiy ma’lumotiga tayanib Kun.uz xabar qildi.

Garchi bu ish ortida kim turganini rasman hech kim o‘z zimmasiga olmagan bo‘lsa-da, mahalliy politsiya vakili Abdul Karim Yurishning agentlik muxbiriga ma’lum qilishicha, transport vositasi Xo‘ja Gavhar aholi punktida «Tolibon» radikal islomiy harakati jangarilari tomonidan o‘rnatilgan bomba yordamida portlatilgan. Mashinada savdogarlar ketayotgan bo‘lgan.

Tuman ma’muriyati rahbari Muhammad Solih Solih ham hujum yuz berganini va qurbonlar sonini tasdiqlagan.

Ilgariroq Afg‘onistonda xudkush-terrorchining xorijiy harbiy xizmatchilar konvoyiga hujumi natijasida 11 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. TOLOnews telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘ldirilganlar mamlakat janubidagi Qandahor viloyati Dama tumanida joylashgan Hoji Abdullaxon qishlog‘idagi madrasa talabalari bo‘lgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?