Nazarbayev sohta yangiliklar haqida, qizi esa internet-trollar haqida gapirdi

1 daqiqa o'qish4.6K
Nazarbayev sohta yangiliklar haqida, qizi esa internet-trollar haqida gapirdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Olmaotada Yevroosiyo mediaforum ishtirokchilariga murojaat bilan chiqar ekan, jurnalistika ma’suliyati, ijtimoiy tarmoqlar va soxta yangiliklar haqida fikr bildirdi. Nazarboyevning murojaatini Qozog‘iston Axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev o‘qib berdi.

Murojaatda auditoriya “mustaqil blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi materiallar orqali muqobil axborot olishni afzal ko‘rayotgan bir vaqtda” “klassik jurnalistika uchun ishonch inqirozi jiddiy chaqiriq” ekanligi haqida aytilar ekan”, Nazarboyev: «ananaviy OAVning raqobatdagi ustunligi hamisha profesionalizm va kontentning sifatiga asoslangan bo‘lishini” aytdi.

“Faqat to‘g‘ri va ishonchli axborot va soxta yangiliklarni tekshirish auditorini jalb qilishni ta’minlaydi, ishonchli axborot manbai sifatida OAV obro‘sini mustaxkamlaydi. Buning uchun ochiq axborot olish kanallarini rivojlantirish kerak va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish yo‘lida hamkorlikning muhim talabi bo‘lmish muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish lozim”, — deyiladi vazir o‘qib bergan Nazarboyev murojaatida.

Nazarboyev so‘nggi bir necha haftada matbuot faoliyati yuzasidan bir necha bor o‘z fikrlarini bildirdi. 28 aprel kuni Olmaotada Qozog‘iston xalqlari Assambleyasi sessiyasida “kamchiliklarni bartaraf etishga” tayyor bo‘lganlar haqida gapirdi. O‘tgan haftada Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Nazarboyev bayonot berib, OAV “pashshadan fil yasashi kerak emas”ligini aytdi.

Qozog‘iston prezidentining qizi, Yevroosiyo mediaforumi tashkiliy qo‘mitasi raisi Darig‘a Nazarboyeva anjuman ochilishida Internet va texnologiyalar taraqqiyoti haqida gapirar ekan “internet-trollar” borasida fikr bildirdi.

“Internet olamiga kirishning soddalashtiriluvi nafaqat o‘z fikrini bildirishni istovchi iste’dodlilar uchun, balki avantyurist, jinoyatchi va barcha turdagi targ‘ibotchilar uchun ham kirish imkoniyatini yaratib berdi…” — deya bayonot berdi Nazarboyeva. “Axborot urushida ko‘rinmas jangchilar bo‘lmish trollarning paydo bo‘lishi, shuningdek soxta yangiliklar yaratuvchilar haqiqiy fojea bo‘ldi. Bu fonda tabloidlar o‘zlarini yaxshi tutishi ko‘zga tashlanadi”, — dedi Nazarboyeva.

Manba: Tnews.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?