20:23 / 27.05.2018
4 369

Italiyalik futbolchi sevgan qizini o‘ldirgach, o‘z joniga ham qasd qildi…

Italiyalik futbolchi sevgan qizini o‘ldirgach, o‘z joniga ham qasd qildi…
Italiyadagi «Tuttokuoyo» futbol klubi a’zosi Federiko Dzinni va sevgan qizi Eliza Amatoning jasadi mahalliy sport markazlaridan biri yonida topildi. Rasman xabar berishlaricha, futbolchi sevgilisi bilan anchadan beri munosabat yuritmas, ular arazlashib qolishgandi. U munosabatlarni qayta tiklash niyatida qizni uchrashuvga chorladi. Qiz keldi. Biroq futbolchiga rad javobini berdi. Federiko azbaroyi alamiga chiday olmaganidan Elizani mashina salonining o‘zida otib tashladi va qotillik sodir etgan joydan qochmoqchi bo‘ldi. Lekin o‘ylab ko‘rsa, qochib uzoqqa bora olmaydi. Baribir tutib olishadi. Shundan keyin o‘zi ham joniga qasd qildi.

Federiko Dzinni futboldagi faoliyatini «Empoli» o‘smirlar jamoasida boshlagan. Yillar o‘tib mohir futbolchi sifatida tilga tushdi. Federiko bilan Mongoliya, Filippin, Malta, Bolgariya klublari ham qiziqa boshlashgandi. Italiya klubiga o‘tishdan oldin futbolchi «Ulan-Bator» jamoasida to‘p surgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyalik futbolchi sevgan qizini o‘ldirgach, o‘z joniga ham qasd qildi…