Italiyadagi «Tuttokuoyo» futbol klubi a’zosi Federiko Dzinni va sevgan qizi Eliza Amatoning jasadi mahalliy sport markazlaridan biri yonida topildi. Rasman xabar berishlaricha, futbolchi sevgilisi bilan anchadan beri munosabat yuritmas, ular arazlashib qolishgandi. U munosabatlarni qayta tiklash niyatida qizni uchrashuvga chorladi. Qiz keldi. Biroq futbolchiga rad javobini berdi. Federiko azbaroyi alamiga chiday olmaganidan Elizani mashina salonining o‘zida otib tashladi va qotillik sodir etgan joydan qochmoqchi bo‘ldi. Lekin o‘ylab ko‘rsa, qochib uzoqqa bora olmaydi. Baribir tutib olishadi. Shundan keyin o‘zi ham joniga qasd qildi.
Federiko Dzinni futboldagi faoliyatini «Empoli» o‘smirlar jamoasida boshlagan. Yillar o‘tib mohir futbolchi sifatida tilga tushdi. Federiko bilan Mongoliya, Filippin, Malta, Bolgariya klublari ham qiziqa boshlashgandi. Italiya klubiga o‘tishdan oldin futbolchi «Ulan-Bator» jamoasida to‘p surgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"