BMT Qirg‘iziston xukumatini kelin o‘g‘irlash to‘htatilishiga chaqirdi

1 daqiqa o'qish3.6K
BMT Qirg‘iziston xukumatini kelin o‘g‘irlash to‘htatilishiga chaqirdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qirg‘izistondagi vakolatxonasi nikoh uchun o‘g‘irlangan qizning militsiya bo‘limida o‘ldirilganidan tashvishga tushganligini bildirdi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

BMT tomonidan tarqatilgan xabarda mamlakat xukumatiga murojaat qilinar ekan, kelin o‘g‘irlashlar amaliyotiga barham berish maqsadida zarur choralar ko‘rilishi va milliy qonunlar hamda mamlakat qo‘shilgan xalqaro shartnomalar bajarilishi kerakligi ta’kidlanadi.

«Bolalar o‘rtasidagi va majburiy nikoh inson xuquqlari asosining buzilishi hisoblanadi, bu illat kelajakda nafaqat ishtirokchilar, balki butun jamiyatning farovonligi uchun salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Kelin o‘g‘irlash, majburiy nikoh yoki ala-kachuu (olib qochish) Qirg‘iziston madaniyati va ananalariga aloqasi yo‘q, balki zaif insonlarning xuquqlarini buzilishidir», — deya ta’kidlaydi tashkilot.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda 24 yoshgacha bo‘lan ayollarning 13,8% majburan erga berilgan. BMT Qirg‘izistonda bu noqonuniy amaliyot to‘laligicha bartaraf etilishini qo‘llab-quvvatlaydi va bu masala Qirg‘iziston xukumati bilan 2022 yilgacha imzolangan bitimlarga muvoffiq o‘z faoliyatida ustivor ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.

Shu bilan birga tashkilot, Qirg‘iziston qonunchilik bazasini yaxshilash maqsadida bir qator ijobiy qadamlarni tashlaganini qayd qilgan, jumladan voyaga yetmaganlar bilan diniy nikoh o‘qitilishi taqiqlangan. Biroq, bu kabi amaliyotlarni bartaraf etish yo‘lida qo‘shimcha choralar ko‘rilishi kerak, aybdorlarni javobgarlikka tortish, jabrdiydalarni himoya qilish lozim.

27 may kuni Chuy viloyatining Jayil tuman IIB binosida 20-yoshli Burulay Turdaali qizi o‘ldirildi. U nikoh maqsadida o‘g‘irlab ketilgan edi. Militsiya bo‘limida qizni o‘g‘irlagan erkak pichoqlab tashladi, keyinroq erkak o‘zini xam pichoqladi. Ayni damda u reanimatsiya bo‘limida.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?