
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «jonli muloqot» vaqtida uchinchi jahon urushi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi. U bunda mashhur fizik Albert Eynshteyndan iqtibos keltirgan.
«Uchinchi jahon urushi bugungi sivilizatsiyamizni tugatishi mumkin. Bu tushuncha xalqaro maydondagi o‘ta xavfli va favqulodda harakatlardan saqlanishimiz kerakligini anglatadi», degan Rossiya rahbari.
U Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoda hududiy nizolar davom etganini, lekin global darajadagi ziddiyatlar boshqa kuzatilmaganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
«Eynshteynning so‘zlarini eslashimiz mumkin. U shunday degandi: «Uchinchi jahon urushida qanday qurollar bilan urishishadi, bilmayman. Ammo to‘rtinchisida tosh va tayoqlar bilan».
7 iyun kuni Vladimir Putin 16-marta real vaqt rejimida rossiyaliklarning savollariga javob qaytarmoqda. Ammo bu safar «jonli muloqot» formati o‘zgargan: studiyada tomoshabinlar yo‘q, prezident bilan joylardagi gubernatorlar va hukumat a’zolari videoselektor formatida bog‘lanishgan.
Manba: kun.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar