17:43 / 10.06.2018
7 912

Makka va Madina shaharlari orasida ilk tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi (foto va video)

Makka va Madina shaharlari orasida ilk tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi (foto va video)
Makka va Madina shaharlari orasida ilk tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi, bu xaqida Azon.uz sayti xabar bermoqda.

Sinov tariqasida qatnay boshlagan ushbu tezyurar poyezdlarning ilk yo‘lovchilari umra ziyoratchilari bo‘ldi. Dastlab ziyoratchilarga temir yo‘l stansiyasi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.


Shuningdek, mehmonlarga temir yo‘l bekatidagi masjid, kuzatish va kutish zallari, VIP zal, fuqaro mudofaasi markazi, vertolyot uchun uchish-qo‘nish joyi, mingta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh ham tanishtirildi. Tezyurar poyezdning sinov jarayonida ziyoratchilarga butunlay bepul xizmat ko‘rsatildi. Mehmonlarga Saudiya Arabistoni Transport Bosh boshqarmasi raisi va transport vaziri Nabil Al-Amudi hamrohlik qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makka va Madina shaharlari orasida ilk tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi (foto va video)