Samarqandda 11 ta hujjat sabab Chevrolet ONIX xatlandi

1 daqiqa o'qish349
Samarqandda 11 ta hujjat sabab Chevrolet ONIX xatlandi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan qarzdor fuqaroga tegishli “Chevrolet ONIX” rusumli avtomashina aniqlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi ish yurituviga 2026 yil 23 avgustdagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining ijro varaqasi hamda boshqa undiruvchi tashkilotlarning qarorlariga asosan, fuqaro S.A.ga nisbatan 11 ta ijro hujjati kelib tushgan.

Ushbu ijro hujjatlariga ko‘ra, qarzdordan jami 196,8 million so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish belgilangan.

Biroq belgilangan ixtiyoriy muddat davomida ijro hujjatlari talablari bajarilmagan.

Shundan so‘ng, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, qarzdorga tegishli “Chevrolet ONIX” avtomashinasiga qidiruv e’lon qilindi.

Majburiy ijro byurosining qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida avtomashina qarzdorning yashash xonadoni yaqinidan aniqlandi.

Hozirda transport vositasi belgilangan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Qarzdorlik belgilangan muddatda qoplanmagan taqdirda, mazkur “Chevrolet ONIX” transport vositasi qonunchilikda belgilangan tartibda elektron auksion savdolariga chiqarilib, tushgan mablag‘lar qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirilishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?