Meksikada uyushgan jinoyatchilikka qarshi chaqiriq tashlagan siyosatchi Fernando Puron otib ketildi. Kongressga nomzod hisoblangan Puron saylovoldi debatlaridan qaytayotganda uning yoniga selfi tayoqchasi bilan birga bir ayol kelgan va suratga tushishni iltimos qilgan.
Voqea joyidagi kuzatuv kameralari siyosatchi selfiga tushayotganda uning ortidan soqolli va boshida kepkasi bo‘lgan erkak kelib, boshining orqa qismiga o‘q uzganini qayd qilgan. 43 yoshli Puron shifoxonaga yo‘lda jon bergan.
Puron mamlakatda o‘ldirib ketilgan 112-siyosatchi bo‘ldi. Qotillik sabablari hozircha noma’lum bo‘lsa-da, siyosatchi 2014 yildan 2017 yilgacha tahdidlar olib kelgan. U shu davr davomida Pedras-Negras shahri meri bo‘lgan va mahalliy narkokartelga qarshi chiqqan.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi