12:23 / 29.06.2018
3 955

Puerto-Riko AQSHning 51-shtati deb e’lon qilinishi mumkin

Пуэрто-Рико АҚШнинг 51-штати деб эълон қилиниши мумкин
AQSH kongressida AQSH tarkibiga Puerto-Riko orolining 51-shtat sifatida qabul qilinishi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘p yillardan beri AQSHga qo‘shilishni istayotgan orol aholisi uchun qonun loyihasi ko‘rib chiqilishining o‘zi g‘alaba demakdir. Biroq mutaxassislar loyihaning istiqbollarini shubha ostiga olishmoqda, bunga esa orol-davlatning iqtisodiyotidagi inqiroz sabab hisoblanadi.

Ayni vaqtda Karib dengizidagi orol AQSHning uning tarkibiga kiritilmagan hududi hisoblanadi. Bu orol AQSH tomonidan boshqarilishini, biroq geosiyosiy nuqtai nazardan AQSHning ajralmas qismi hisoblanmasligini bildiradi. Puertorikoliklarning barchasi tug‘ilishi bilan AQSH fuqarosi hisoblansa-da, ular prezident saylovlarida ovoz bera olishmaydi, AQSH kongressidan orolni birgina deputat bildiradi va u ham ovoz berish huquqiga ega emas.

Aynan shu deputat – Jennifer Gonsales-Kolon Puerto-Rikoning AQSHning 51-shtati deb qabul qilinishi qonun loyihasi muallifi hisoblanadi.

“Bu Puerto-Rikoning siyosiy maqomini batamom belgilab olish uchun jiddiy munozarani boshlashdagi ilk qadamdir”, deb aytgan Gonsales.

Puertorikoliklarning o‘ziga kelsak, ular orolning AQSH tarkibiga kirishiga qarshi emaslar. 2017 yilda orolda ushbu masala bo‘yicha o‘tgan referendumda 97 foiz odam AQSH tarkibiga kirish uchun ovoz bergan. Ta’kidlanishicha, Vashington tomonidan referendumdan u yog‘iga o‘tilmagan: orol-davlat iqtisodiyoti chuqur inqiroz holatida qolmoqda, AQSHga esa uning maqomini o‘zgartirishdan hech qanday naf yo‘qdek.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Puerto-Riko AQSHning 51-shtati deb e’lon qilinishi mumkin