
Davlat avtoinspeksiyasi xodimlari Rossiyaning Tyumen ko‘chalarida mashinasida vannani shatakka olib yo‘lovchini sayr qildirgani uchun jarimaga tortildi deb xabar berdi Kun.uz nashri.
— Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari ma’muriy qoidabuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishdi va ularga nafaqat yo‘l harakati qoidalarini buzishgani, balki o‘zlari va atrofdagilarning hayotini xavf ostiga qo‘yishganini tushuntirishdi, — deyiladi xabarda.
Erkaklar ayblarini tan olishgan va shunchaki ko‘ngilxushlik qilmoqchi bo‘lishganini aytishgan.
Yarim-yalang‘och holda bo‘lgan Eduard Filippov Tyumen shahri markazida avtomobilda shatakka olingan vannada sayr qilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar